Davlatimiz rahbari Toshkent shahri Chilonzor tumanida barpo etilgan Ikkinchi perinatal markazni borib ko‘rdi. Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha milliy dasturlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 noyabrdagi qaroriga muvofiq reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga tibbiy yordam sifati oshirilib, ko‘lami kengaytirilmoqda.
Davlatimiz rahbari Toshkent shahri Chilonzor tumanida barpo etilgan Ikkinchi perinatal markazni borib ko‘rdi.
Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha milliy dasturlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 noyabrdagi qaroriga muvofiq reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga tibbiy yordam sifati oshirilib, ko‘lami kengaytirilmoqda.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi yerlarining samaradorligini, jumladan suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llagan holda, oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari zamon talablariga moslab borilayotganligi sababli suvni tejaydigan texnologiyalar 2021-yilning o‘zida 433 ming gektar maydonda joriy etildi va ularning umumiy ko‘rsatkichi sug‘oriladigan maydonlarning 17 foizini tashkil qildi.